Korpus haqida

Bu — ingliz tilidagi felli frazemalarning o‘zbekcha parallel korpusi. Har bir misol badiiy asardagi asl gap va uning o‘zbekcha tarjimasidan iborat.

295felli frazema
536parallel misol
338Jane Austen
198J. K. Rowling

Manbalar

AsarO‘zbekcha tarjimaMisollar
Jane Austen. Pride and PrejudiceInglizcha asl matn — jamoat mulki (muallif 1817-yilda vafot etgan). O‘zbekcha tarjima tarjimonning mualliflik huquqi bilan himoyalangan; alohida gaplar iqtibos sifatida keltirilgan. — 338
J. K. Rowling. Harry Potter and the Philosopher’s StoneAsl matn va o‘zbekcha tarjima mualliflik huquqi bilan himoyalangan; alohida gaplar ilmiy maqsadda, manba ko‘rsatilgan holda iqtibos sifatida keltirilgan. — 198

Mualliflik huquqi

Korpusdagi misollar yuqoridagi asarlardan olingan alohida gaplardir. Ular O‘zbekiston Respublikasining «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida»gi Qonuni 26-moddasiga muvofiq ilmiy-tadqiqot va ta’lim maqsadlarida, maqsadga mos hajmda, muallif va manba ko‘rsatilgan holda iqtibos sifatida keltirilgan. Barcha huquqlar mualliflar, tarjimonlar va nashriyotlarga tegishli. Sayt tijoriy emas; matnlarni to‘liq yuklab olish imkoniyati berilmaydi.

Huquq egasi biror misolni olib tashlashni so‘rasa, korpus tuzuvchisiga murojaat qilishi mumkin — misol darhol olib tashlanadi.

Tuzilish bo‘yicha

TuzilishFrazemalar
V + Adv (fe’l + ravish/yuklama)145
V + Prep (fe’l + predlog)92
Boshqa53
V + Adv + Prep4
V + N / boshqa birikma1

Qanday iqtibos qilish kerak

Ilmiy ishlarda korpusdan foydalansangiz, quyidagicha havola bering:

Felli frazemalar korpusi (2026) (versiya 1.0). https://www.frazema.uz/ (murojaat sanasi: 15.10.2026).

Alohida misolga havola berish uchun frazema sahifasidagi misol yonidagi # belgisini bosing.